date

Jiru Liga 1da 50ta samarali harakat amalga oshirdi


Fransiya chempionatida 13-tur uchrashuvlari davom etmoqda. "Lill" o'z maydonida "Parij"ni qabul qildi va yana bir bor ushbu bahsda Olivye Jiru yorqin o'yin namoyish etdi.

Yozda Liga 1ga qaytgan fransuz veteran futbolchisi ushbu o'yinda ikki gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bu muvaffaqiyat Jiruga Fransiya chempionatida o'zining 50-samarali harakatini nishonlash imkonini berdi.

Uning hisobida 36ta gol hamda 14ta golli uzatma mavjud. Albatta, bu ko'rsatkichlarning aksariyati Jiruning faoliyatining boshlang'ich bosqichiga to'g'ri keladi.

U o'z faoliyatini "Monpelye"da boshlagan va ushbu klub bilan 2012-yilda Fransiya chempioni bo'lgan edi. Jiru shundan so'ng, Angliyaning "Chelsi" va "Arsenal" klublari hamda Italiya "Milan"ida ham faoliyat olib borgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jiru Liga 1da 50ta samarali harakat amalga oshirdi