date

Elche murabbiyi hakamlardan norozi

Elche murabbiyi hakamlardan norozi
Elche klubi bosh murabbiyi Eder Sarabiya Madridning Real klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi hakamlik ishlarini qattiq tanqid qildi. Mazkur uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

Maydon egalari 53-daqiqada va o‘yin so‘ngiga yaqin, 84-daqiqada hisobda oldinga chiqishdi, biroq Madrid klubi har ikki holatda ham hisobni tenglashtirishga erishdi. Ayniqsa, Vinisius Junior va Elche darvozaboni Inyaki Penya o‘rtasida yuz bergan epizod katta bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi: braziliyalik futbolchi ikkinchi gol oldidan Penyaning yuziga zarba bergan, biroq hakam bu holatda qoidabuzarlikni qayd etmadi.

"Men bu o‘yindagi durang natijadan umuman qoniqmadim. Vinisius aniq Penyaga qarshi qo‘pol o‘ynadi.

Uning yuziga zarba berilgani va Inyakining burnida iz qolganini ko‘rish mumkin. Hakamlik natijaga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi, bundan juda g‘azabdaman", dedi Sarabiya o‘yindan keyingi intervyusida.

Shu bilan birga, Elche darvozaboni Penya ikkita gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Elche murabbiyi hakamlardan norozi