
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa futbolchilari bilan munosabatlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. So‘nggi paytlarda matbuotda "qirollik klubi"ning kiyinish xonasidagi muammolar va murabbiy bilan ayrim futbolchilar orasidagi taranglik haqida ko‘p gapirilmoqda.
Ammo Alonso bu gaplarni rad etdi. "Futbolchilar bilan aloqalarimiz asta-sekin yaxshilanmoqda, chunki bir-birimizni tobora ko‘proq tanib bormoqdamiz.
Biz barchamiz bir kemadamiz, bir yo‘nalishda harakat qilayapmiz, g‘alabalarni birgalikda nishonlaymiz va mag‘lubiyatlarni ham birga boshdan kechiramiz. Ishlarimiz yaxshi, lekin hali ustida ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor", – dedi Alonso "Elche" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynaganidan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso joriy yilning iyun oyida "Real" bosh murabbiyi lavozimini egallab, Karlo Anchelottini almashtirgan edi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.