date

Vinisius Realdan tarixiy shartnoma talab qilmoqda

Vinisius Realdan tarixiy shartnoma talab qilmoqda
Braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorning kelajagi hali ham noaniqligicha qolmoqda va bu mavzu muhokamalar markazida. Uning "Real Madrid" bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning o'rtalarigacha amal qiladi.

Oktyabr oxirida Vinisius "Real" prezidenti Florentino Peresga shartnomani uzaytirish o'zi uchun eng yaxshi variant emasligini maʼlum qilgan. Bunga uning bosh murabbiy Xabi Alonso bilan bo'lgan munosabatlaridagi muammolar sabab bo'lgani aytilmoqda.

The Athletic nashriga ko'ra, "Real" Vinisiusga yillik 20 million yevro sof maosh taklif qilgan, ammo bu taklif qabul qilinmagan. Klub futbolchidan o'zining moliyaviy talablarini aytib berishni so'ragan.

Vinisiusning vakillari "tarixiy shartnoma" talab qilib, Krishtianu Ronaldu darajasidagi paketni – yillik 30 million yevro maosh va bonuslarni o'z ichiga olgan shartnomani taklif qilishgan. Bundan tashqari, shartnomani uzaytirish uchun qo'shimcha bonus so'ralgan, ammo "Real" hali bunday bonusni hech qachon futbolchiga bermagan.

2025/2026-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Vinisius bilan qo'shimcha muzokaralar o'tkazilgan, biroq ular yana natijasiz yakunlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vinisius Realdan tarixiy shartnoma talab qilmoqda