
Rossiyalik darvozabon Matvey Safonov qishki transfer oynasida "PSJ"ni tark etishi mumkin. Bu haqda taniqli fransuz nashri L'Équipe xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Safonov joriy mavsumda o'yin amaliyotining yo'qligidan norozi va shu sababli klubni tark etishga qaror qilgan. Xuddi shu sabab bilan himoyachi Lukas Beraldo ham Parij jamoasidan ketishi mumkin.
Shuningdek, "PSJ" Safonov va Beraldo ketgan taqdirda yangi futbolchilarni sotib olishni rejalashtirmayotgani aytilmoqda. Eslatib o'tamiz, Safonov 2024 yilning yozida "PSJ" safiga qo'shilgan edi.
O'tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 17 o'yinda maydonga tushgan, biroq may oyidan beri biror marta ham o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.