date

Flik «Chelsi»ga qarshi o‘yin oldidan jamoasiga kuchli ishonch bildirdi

Flik «Chelsi»ga qarshi o‘yin oldidan jamoasiga kuchli ishonch bildirdi

Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turidagi eng kutilgan qarama-qarshiliklardan biri — «Chelsi» va «Barselona» o‘rtasidagi to‘qnashuv oldidan katalonlar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘z fikrlarini baham ko‘rdi. Murabbiyning aytishicha, bu bellashuv nafaqat mushkul sinov, balki jamoaning real imkoniyatlarini baholash uchun ham muhim imkoniyatdir.

«Chelsi»ga qarshi o‘ynayotganimizdan mamnunman. Bu o‘yin biz uchun haqiqiy sinov vazifasini bajaradi. Biz doim raqibga qarab taktik yondashuvni o‘zgartiramiz, har bir uchrashuvda qanday imkoniyatlarimizni ishga solish mumkinligini ko‘rib chiqamiz. Har bir bellashuv alohida ahamiyatga ega», — dedi Flik.

Flikning ta’kidlashicha, «Chelsi» hozirgi kunda dunyoning eng yuqori baholanadigan jamoalaridan biri. Ularning tarkibi, o‘yin uslubi va murabbiyi Yevropa futbolida katta ehtirom qozongan.

«Chelsi»ning rivojlanish modeli ajoyib. Jamoada kuchli, texnik jihatdan yetuk futbolchilar va yuqori malakali murabbiy bor. Ular yosh, dinamik, jonli futbol namoyish qiladi. Biz esa ularga qarshi o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz shart. O‘z kuchimizga ishonamiz va maydonda oxirigacha kurashamiz», — deya qo‘shimcha qildi Flik.

Katta qiziqish uyg‘otgan «Chelsi» — «Barselona» uchrashuvi bugun soat 01:00 da start oladi. Muxlislar esa ikki grand o‘rtasidagi keskin bellashuvdan katta tomosha kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik «Chelsi»ga qarshi o‘yin oldidan jamoasiga kuchli ishonch bildirdi