date

Garri Keyn Barselona haqida gapirdi


Matbuotda Garri Keyn "Barselona" jamoasida Robert Levandovskini kelasi yozda almashtirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Ingliz hujumchisi bu borada o'z fikrini bildirdi.

"Menda hech kim bilan aloqa bo'lmadi. Hech kim menga bog'lanmadi.

Mavjud vaziyatdan juda mamnunman, hatto hali Bavariya bilan kelishuv haqida gaplashmaganimizga qaramay", dedi Keyn Bild nashriga. Eslatib o‘tamiz, Garri Keynning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil o‘rtalarigacha amal qiladi.

Joriy mavsumda 32 yoshli futbolchi myunxenliklar safida 18 ta o‘yinda qatnashib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Keynning transfer narxini 75 million yevro deb baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn Barselona haqida gapirdi