Marselning Yevrokuboklardagi 250-uchrashuvi

Yevropa futbolida Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi tur uchrashuvlari davom etmoqda. Fransiyaning "Marsel" klubi Angliyaning "Nyukasl" jamoasiga qarshi o‘yinda irodali g‘alabaga erishib, o‘zining 250-yevrokubok uchrashuvini munosib tarzda nishonladi.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha "Marsel" Fransiyada uchinchi o‘rinda turadi. Peshqadamlikni "PSJ" (278 o‘yin) va "Lion" (272 o‘yin) egallab turibdi.
Kuchli beshlikni "Monako" (205 o‘yin) va "Bordo" (200 o‘yin) yakunlaydi. "Marsel"ning Yevropadagi yutuqlari orasida 1993-yilda Chempionlar ligasi g‘olibligi va Intertoto kubogidagi ikki g‘alaba mavjud.
Ammo, Intertoto kubogi o‘yinlari mazkur statistikaga kiritilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing