
Norvegiyaning "Budyo-Glimt" klubi bosh murabbiyi Kyetil Knutsen Italiya vakili "Yuventus"ga qarshi o‘yin yakunlarini tahlil qildi. Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi turida bo‘lib o‘tgan o‘yin 2:3 hisobi bilan yakunlandi.
"O‘ylaymanki, bu uchrashuvdan saboq olishimiz kerak. O‘yinni haqiqatni tan olgan holda va shafqatsiz baholashimiz lozim.
Pressingda yetarli darajada yaxshi bo‘lolmadik, jamoaviy o‘yinimiz zaif bo‘ldi. Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi safardagi o‘yinda, "Yuventus"ga qarshi uyda o‘ynaganimizga qaraganda, ancha yopiqroq o‘ynashimiz kerak.
Pley-off imkoniyatlari? O‘ylaymanki, ular juda kichik," – dedi Knutsen NRK nashriga.
"Budyo-Glimt" hozirda 2 ochko bilan umumiy reytingda 31-o‘rinda bormoqda. "Yuventus" esa 6 ochko bilan turnir jadvalida 21-o‘rinni egallab turibdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.