Shirer "Barselona" himoyachilarini tanqid qildi


Sobiq taniqli ingliz futbolchisi Alan Shirer yaqinda "Chelsi"ga qarshi oʻyinda "Barselona" himoyasidagi harakatlarni qattiq tanqid qildi. Chempionlar ligasi 5-tur doirasida oʻtkazilgan uchrashuvda "koʻk-anorranglilar" Londonda yirik magʻlubiyatga uchradi (0:3).
"Men koʻp marta ofsayd tuzoqlarini kuzatganman, lekin bu haqiqiy aqldan ozish edi. Goʻyo maydonda toʻrt maneken turibdi va ular: "Bolalar, qaysi usulda gol urishingizni xohlaysiz?" deb soʻrayotgandek koʻrindi", - dedi Shirer Amazon Prime efirida.
Hans-Diter Flik jamoasi Chempionlar ligasi turnir jadvalida 15-oʻrinda bormoqda va hisobida yetti ochko mavjud. Keyingi turda "Barselona" "Ayntraxt"ga qarshi maydonga tushadi.






























Izohlar 0
…