date

Vensan Kompani: “Arsenalga qarshi bahs — biz uchun haqiqiy sinov”

Vensan Kompani: “Arsenalga qarshi bahs — biz uchun haqiqiy sinov”

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasining 5-turida Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi kechadigan muhim bellashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «Bavariya» klubi bugun Emireyts maydonida jiddiy bosim ostida bahs olib boradi.

Kompaniga ko‘ra, bu uchrashuv mavsumdagi eng murakkab o‘yinlardan biri bo‘lishi mumkin:

«Balkim, mavsum davomidagi eng og‘ir bellashuv bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Yaqinda turnir doirasida «PSJ»ga qarshi o‘ynadik, endi esa Yevropaning eng kuchli va barqaror jamoalaridan biriga qarshi maydonga chiqamiz».

Murabbiyning ta’kidlashicha, bu bahs «Bavariya» uchun juda muhim ruhiy va taktik sinov bo‘ladi:

«Bizni katta chaqiruv kutmoqda. Mehmon sifatida o‘ynaymiz, bu ham ishni qiyinlashtiradi. Ular kabi biz ham to‘rtta o‘yinda g‘alaba qozondik. Shu bois bu o‘yin butun turnir g‘olibini aniqlamaydi, ammo uch ochko qo‘lga kiritish — juda ulkan yutuq bo‘lardi».

«Arsenal» — «Bavariya» uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi. Yevropa futboli muxlislari ushbu to‘qnashuvni kutishmoqda — ikki jamoa ham bu bellashuvda o‘z nufuzini isbotlashga intilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vensan Kompani: “Arsenalga qarshi bahs — biz uchun haqiqiy sinov”