
Italiyalik jurnalist Rikkardo Lioneto Yevropa futboli bo'yicha "Evro-Futbol.Ru" internet nashriga "Inter" va "Atletiko" o'rtasidagi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirdi. "Milan"ga qarshi o'yinda "Inter" ko'proq natijaga erishishi kerak edi.
Juda ko'p imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, ular golga aylantirilmadi, hatto penalti ham golga aylanmadi. Katta o'yinlarda omad yetishmay qolgandek tuyuladi.
Ammo bu seriyani "Atletiko"ga qarshi o'yinda to'xtatish juda muhim. To'g'risini aytsam, hozirda "Inter" Italiyadagi eng kuchli jamoa, buni men, "Milan"ni qo'llab-quvvatlovchi inson sifatida aytayapman, shuning uchun bu fikrimda xolisman," dedi Lioneto.
Eslatib o'tamiz, Italiya A Seriyasining so'nggi turida "Inter" o'z maydonida "Milan"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi. "Atletiko"ga qarshi uchrashuv bugun Moskva vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.