date

Kvartsxeliya: Fransiya chempionati yengil emas


Gruziyalik hujumchi Xvicha Kvartsxeliya avval Italiya chempionatida "Napoli" bilan chempion bo'lib, keyinchalik Fransiyaning "PSJ" jamoasi bilan ham bu muvaffaqiyatni takrorlashga erishdi. Ikki top-chempionatda ishtirok etgan futbolchi Fransiya Ligue 1 musobaqasini yengil deb hisoblash xato ekanini ta'kidladi.

"Ochig'ini aytganda, bu yerga o'tishdan oldin o'zim ham birmuncha osonroq bo'ladi, deb o'ylagandim. Ammo bu chempionatda ham fizik tayyorgarlik, ham tezlik va boshqa ko'plab omillar talab etiladi.

Kimki Fransiya chempionatini yengil deb hisoblayotgan bo'lsa, u jiddiy xato qilmoqda", dedi Kvartsxeliya derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, "PSJ" hozirda Fransiya chempionati turnir jadvalining peshqadamidir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kvartsxeliya: Fransiya chempionati yengil emas