
Gruziyalik hujumchi Xvicha Kvaratsxeliya qaysi pozitsiyada o'ynashni afzal ko'rishi haqida fikr bildirdi. U shuningdek, murabbiyning qaroriga ko'ra o'zgarishlarga tayyorligini ta'kidladi.
"Hamma biladi, chap qanotda o'ynashni yaxshi ko'raman. Lekin futbolda ba'zida o'zgarishlar zarur bo'ladi.
Agar murabbiy shunday qaror qilsa, men bunga har doim tayyorman. O'ng qanotda o'ynash qiyinroq, lekin o'rganishga harakat qilaman", – dedi Kvaratsxeliya derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq gruziyalik hujumchi Rossiya chempionatida Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi safida o'ynagan edi. 2022 yilning yozida u Italiya A Seriyasining "Napoli" klubiga o'tgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.