18:19 / 25.01.2017
5 915

«Australian open». Yarim finalchilar aniq bo‘ldi

«Australian open». Yarim finalchilar aniq bo‘ldi

Melburn shahrida davom etayotgan «Australian open»ning erkaklar o‘rtasidagi musobaqasida yarim finalchilar nomi aniq bo‘ldi.

Birinchi yarim final Shveysariya juftligidan iborat bo‘ldi: Rojer Federer Sten Vavrinkaga qarshi o‘ynadi. Federer chorak finalda germaniyalik Misha Zverevni mag‘lub etgan bo‘lsa, Vavrinka Jo-Uilfrid Songani mag‘lub etdi.

Bugun bo‘lib o‘tgan chorak finalda Rafael Nadal turnirning 3-raketkasi Milosh Raonich (Kanada)ni mag‘lubiyatga uchratdi. Istominni mag‘lub etgan bolgariyalik Grigor Dimitrov belgiyalik David Goffinni musobaqadan chiqarib yubordi. Ikkinchi final yo‘llanmasi uchun Nadal va Dimitrov o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Australian open, erkaklar, yakkalik, chorak final
Rojer Federer - Misha Zverev - 3:0 (6-1, 7-5, 6-2)
Sten Vavrinka - Jo-Uilfrid Songa - 3:0 (7-6 (2), 6-4, 6-3)
Grigor Dimitrov - David Goffin - 3:0 (6-3, 6-2, 6-4)
Rafael Nadal - Milosh Raonich - 3:0 (6-4, 7-6 (7), 6-4)

Yarim final
Rojer Federer - Sten Vavrinka
Rafael Nadal - Grigor Dimitrov

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Australian open». Yarim finalchilar aniq bo‘ldi