Perishich Chempionlar Ligasida tarix yaratdi

Perishich Chempionlar Ligasida tarix yaratdi
Yevropa futbolida Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Niderlandiyaning PSV jamoasi kutilmaganda mehmondagi o'yinda Angliyaning "Liverpul" klubini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Mazkur uchrashuvda hisobni Xorvatiya terma jamoasi faxriysi Ivan Perishich ochdi. 36 yosh 297 kunlik futbolchi 6-daqiqada penaltidan gol urdi.

Shu tariqa u Chempionlar Ligasi tarixida penaltidan gol urgan eng keksa futbolchilar orasida uchinchi o'rinni egalladi. Perishichdan ko'ra ushbu natijada faqatgina ikki futbolchi yuqoriroqda turadi: ispaniyalik Serxio Ramos (37 yosh 257 kun) va yana bir xorvatiyalik Luka Modrich (37 yosh 54 kun).

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar