date

Rabio: Allegri kundalik ahvolimni so'rab turardi


Fransuz futbolchisi Adrien Rabio bir oylik jarohatdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Rabioning so‘zlariga ko‘ra, "Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri uning sog‘lig‘i haqida juda ko‘p qayg‘urdi va uni qaytishini intizorlik bilan kutdi.

"U kuniga 3-4 marta menga qo‘ng‘iroq qilib, ahvolimni va qachon qaytishimni so‘rardi. U mening jarohatimning xususiyatini va qachon o‘ynashga tayyor bo‘lishimni yaxshi bilardi.

Ammo murabbiyning e’tibori futbolchi uchun juda muhim – bu Maksning kuchli jihati", – deya Rabioning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it. Eslatib o‘tamiz, Rabio va Allegri ilgari "Yuventus"da ham muvaffaqiyatli hamkorlik qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rabio: Allegri kundalik ahvolimni so'rab turardi