Rabio: Milan derbisidagi gʻalabadan faxrlanaman

Rabio: Milan derbisidagi gʻalabadan faxrlanaman
Oʻtgan dam olish kunlari "Milan" klubi shahar raqibi "Inter" ustidan gʻalaba qozondi. Ushbu oʻyindan soʻng, "rossoneri"ning fransiyalik yarim himoyachisi Adrien Rabio oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Men juda baxtliman, chunki bu oʻyin "Milan"ning barcha muxlislari, futbolchilari va rahbariyati uchun juda muhim. Derbini birinchi urinishdayoq yutganimdan xursandman va bu oʻyinda koʻrsatgan oʻyinimizdan faxrlanaman.

Ushbu uch ochko bizga oʻzimizga boʻlgan ishonchni oshirishda katta yordam beradi", – dedi Rabio pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. Italiya chempionatining keyingi turida "Milan" Rimning "Latsio" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Hozirda klub A Seriyasida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar