Tomori: Ibragimovich eng raqobatbardosh futbolchi

Tomori: Ibragimovich eng raqobatbardosh futbolchi
Angliyalik himoyachi Fikayo Tomori "Milan" safida faoliyatining ilk bosqichlarida birga o‘ynagan Zlatan Ibragimovichni yuqori baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shved futbolchisi u ko‘rgan futbolchilar orasida eng raqobatbardosh hisoblanadi.

"U men duch kelgan futbolchilar orasida eng raqobatbardosh edi. Hatto mashg‘ulotlarda ham mag‘lubiyatni qabul qilolmasdi.

Uning jamoasi gol urib, g‘alaba qozonmagunicha o‘yinni davom ettirardi. Aks holda, uning kayfiyati buzilib, kiyinish xonasida og‘ir muhit paydo bo‘lardi.

Ibra hech kimga bo‘shashish imkonini bermasdi", - deydi Tomori pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, "Milan" ayni damda A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar