
Bavariyaning oʻng qanot himoyachisi Sasha Boe kelasi yil boshida Angliya Premer-ligasida toʻp surishi mumkin. Londonning Kristal Pelas klubi fransuz futbolchisiga qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Kristian Falkning xabariga koʻra, klub vakillari 25 yoshli futbolchi bilan aloqa oʻrnatgan. Bavariya himoyachini yanvar oyida taxminan 15 million yevro evaziga sotishga tayyor.
Transfermarkt portali esa Sasha Boening transfer qiymatini 18 million yevro atrofida baholamoqda. Futbolchi joriy mavsumda Vensan Kompani boshchiligidagi jamoa safida 14 ta oʻyinda ishtirok etib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq himoyachi haqida Yuventus va Galatasaroy klublari bilan bogʻliq transfer mish-mishlari tarqalgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.