date

Kivu "Inter"ning "Atletiko"ga magʻlubiyatini izohladi


Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasi doirasidagi Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi oʻyinda (1:2) qayd etilgan magʻlubiyatdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi. "Matraschilar" 93-daqiqada Xose Ximenesning goli evaziga oʻz maydonida gʻalabani qoʻlga kiritdi.

"Faqat chiroyli oʻyin koʻrsatish yetarli emas – bizga boshqa narsa kerak. Jamoa derbidagi magʻlubiyatdan keyin yaxshi javob qaytarib, bugungi oʻyinni kuchli boshladi.

"Atletiko" bizning birinchi xatomizdan darhol foydalandi, ammo men oʻyinchilardan toʻgʻri reaktsiyani koʻrdim. Ikkinchi boʻlim ham ijobiy boshlandi, biroq raqib oʻz oʻyinini kuchaytirdi – biz esa oʻyin uslubimizni oʻzgartirishga majbur boʻldik.

Oxirgi daqiqalarda esa oʻz darvozamiz oldida burchak zarbasi tashkil qilib, "Atletiko"ning goliga sababchi boʻldik", – dedi Kivu matbuot anjumanida. "Neradzurrilar" joriy Chempionlar ligasi mavsumida ilk bor ochko yoʻqotdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kivu "Inter"ning "Atletiko"ga magʻlubiyatini izohladi