Tomori: Modrich bizni hayratda qoldirdi

Angliyalik himoyachi Fikayo Tomori Luka Modrich bilan ilk tanishuvi haqidagi taassurotlarini o‘rtoqlashdi. Xorvatiyalik faxriy "Real"ni tark etib, "Milan"ga o‘tganidan so‘ng, Tomori birinchi mashg‘ulotdanoq uning mahoratidan hayratda qolganini ta'kidladi.
"U kelganida hech kim undan nima kutishni bilmasdi. Ammo birinchi mashg‘ulotdayoq hammasi oydinlashdi.
U juda ajoyib o‘yinchi", — dedi Tomori pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, hozirda Italiya klubi A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Keyingi turda "Milan" Rimning "Latsio" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. "Milan" so‘nggi bor 2022 yilda chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing