date

Liverpul Klopni qayta chaqirishi mumkin


Liverpul soʻnggi paytlarda oʻz muxlislarini xursand qila olmayapti. Mersisayd klubi turli musobaqalardagi soʻnggi 12 oʻyindan 9 tasida magʻlubiyatga uchradi.

Angliya matbuotida yozilishicha, Liverpul rahbariyati Arne Slotga boʻlgan ishonchini hozircha saqlab qolmoqda va uni bosh murabbiy lavozimidan ozod etishga shoshmayapti. Biroq mersisayd klubi rahbariyatida mavsum natijasi boʻyicha xavotir mavjud.

The Sun nashri xabariga koʻra, agar Arne Slot isteʼfoga chiqarilsa, Liverpul Yurgen Kloppni qayta taklif qilishi mumkin. Germaniyalik mutaxassis mavsumni qutqarish maqsadida vaqtinchalik murabbiy sifatida yozgacha taklif qilinishi kutilmoqda.

Yurgen Klopp 2015–2024 yillar davomida Liverpulni boshqargan va hozirda Red Bull klubida faoliyat yuritmoqda. Liverpul oʻzining navbatdagi uchrashuvini 30-noyabr kuni safarda Vest Xemga qarshi oʻtkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpul Klopni qayta chaqirishi mumkin