Joao Gomes "Manchester Yunayted"ga oʻtishni istaydi

Joao Gomes "Manchester Yunayted"ga oʻtishni istaydi
"Manchester Yunayted" klubi "Vulverhempton" yarim himoyachisi Joao Gomesni kuzatishda davom etmoqda. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar berdi.

Britaniya OAV maʼlumotlariga koʻra, "boʻrilar" mavsum o‘rtasida braziliyalik futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmagan. Biroq Gomesning oʻzi "qizil iblislar" safiga qoʻshilishdan manfaatdor, hatto jamoaning Yevrokuboklarda qatnashmasligini eʼtiborga olib ham.

Qizigʻi, Gomes avvalroq "Manchester Yunayted"ga oʻtishni orzu qilmagan. 2022-yilda, "Vulverhempton"ga oʻtishidan oldin, u "Liverpul" safida oʻynash niyatida boʻlganini intervyularidan birida taʼkidlagan.

24 yoshli futbolchi joriy mavsumda 15 oʻyinda ishtirok etib, 1 golli uzatma amalga oshirgan va 5 sariq kartochka olgan. Transfermarkt portali uning qiymatini 40 million yevroga baholagan.

Ayni paytda Gomes oʻynayotgan jamoa quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurash olib bormoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar