Barselona Arauho xizmatidan mahrum bo'ldi

Barselona himoyachisi Ronald Arauho Chempionlar Ligasining beshinchi turida "Chelsi"ga qarshi o'yinda qizil kartochka oldi. Bu sababli kataloniyaliklar Arauho xizmatlaridan faqat Evropa musobaqasida emas, balki Ispaniya chempionatining navbatdagi turida ham mahrum bo'lishdi.
U La Liga doirasidagi "Alaves"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Shuningdek, "Barselona" bosh murabbiyi Flik matbuot anjumanida Arauho oshqozon virusiga chalinganini va ertangi kunda ham u jamoadan tashqarida qolishini ma'lum qildi.
"Barselona" va "Alaves" o'rtasidagi bahs 29-noyabr kuni soat 18:15 da, "Kamp Nou" stadionida boshlanadi. Ushbu o'yin natijasini onlayn matnli translyatsiya orqali kuzatib borish mumkin bo'ladi.
La Liga turnir jadvalida "Barselona" hozirda ikkinchi o'rinni egallab turibdi, "Real"dan bir ochko orqada.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!U La Liga doirasidagi "Alaves"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Shuningdek, "Barselona" bosh murabbiyi Flik matbuot anjumanida Arauho oshqozon virusiga chalinganini va ertangi kunda ham u jamoadan tashqarida qolishini ma'lum qildi.

Izohlar 0
…