
Oʻtgan hafta "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres "Barselona"ni Negreyra ishi boʻyicha yana tanqid ostiga oldi. Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta unga javob qaytardi.
"Ular nima uchundir "Barselona" haqida gapirishga majbur. Negreyra ishi boʻyicha sud jarayonida ular doim ishtirok etishadi va bu masalani choʻzishadi.
Chunki u yerda hech qanday dalil yoʻqligini bilishadi. Bu faqat haqiqatni buzish uchun bahona.
"Barselona" hech qachon hakamlarni sotib olmagan. Hakamlar odatda "Barselona"ga emas, balki doim "Realga" yordam beradi." "Real Madrid" "Barselona"ning 2004-2015 yillardagi eng yaxshi davriga nisbatan taʼqib gʻoyasiga ega.
Ular "Barselona"ning jahon choʻqqisida boʻlgan vaqtlarini yoqtirmagan. Oʻsha davrda "Barselona" dunyoning eng kuchli, tan olingan, hurmat qilingan va sevgan jamoasi edi.
Biz koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritdik. Shuning uchun arzon bahonalar izlashning hojati yoʻq," - deya Laportaning soʻzlarini keltiradi Mundo Deportivo.
29-noyabr, shanba kuni "Barselona" "Alaves"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.