date

Luis Alberto: Milan chempionlikka tayyor


Italiya chempionatining navbatdagi turida Rimning "Latsio" jamoasi "Milan"ga qarshi maydonga tushadi. "Latsio"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Luis Alberto Massimiliano Allegri boshqaruvidagi jamoani chempionlik uchun asosiy daʼvogar deb hisoblaydi.

"Milan" derbida gʻalaba qozondi, bu ular uchun muhim qadam boʻldi. "Milan"ning yarim himoyasi juda kuchli: Modrich toʻpni ajoyib boshqaradi, shuningdek, Fofana, Loftus-Chik va Rabio kabi futbolchilar bor.

Hujum chizigʻi ham yuqori sifatga ega, u yerda Pulisich va Leau oʻynaydi (haqiqatan, Pulisich "Latsio"ga qarshi oʻyinda maydonga tushmaydi - tahr.). Menimcha, "Milan" chempionlik uchun asosiy daʼvogar", - deydi Luis Alberto pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.

"Milan" oxirgi marta 2022 yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Alberto: Milan chempionlikka tayyor