
“Andijon” futbol jamoasi yangi mavsumni mutlaqo yangi ruhda, yangi bosh murabbiy qo‘l ostida boshlamokda. Shampionat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullayev ma’lumotiga ko‘ra, tajribali mutaxassis Samvel Babayan rasman klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U bugun jamoa a’zolari va futbolchilarga tantanali tarzda tanishtirildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Babayan oldiga o‘ta yuqori vazifa — jamoani Superligada chempionlikka olib chiqish maqsadi qo‘yilgan. Rohbariyat bu sezonni Andjijon futboli uchun yangi bosqich sifatida ko‘rishmoqda va jamoadan katta natijalar kutilayotgani aytib o‘tilmoqda.
Bu maqsadga erishish uchun tarkibni kuchaytirish masalasi ham ko‘rib chiqiladi. Qaysi futbolchilar taklif etilishi yoki qaysi pozitsiyalar mustahkamlanishi — bevosita yangi mavsum uchun ajratiladigan moliyaviy smetaga bog‘liq bo‘ladi. Babayan bu borada o‘z g‘oyalariga ega va klub rahbariyati bilan qadamma-qadam ish yuritishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, “Andijon” jamoasi joriy mavsumning oxirgi uchrashuvini ham kutmoqda. Superliganing so‘nggi turida ular “Bunyodkor” mehmoni sifatida maydonga tushadi. Muxlislar uchun muhim sanalgan mazkur bellashuv 30-noyabr kuni soat 15:00 da start oladi.
Samvel Babayanning kelishi “Andijon” uchun yangi sahifa ochishi, taktik o‘yin uslubining o‘zgarishi va jamoada yanada jiddiy raqobat muhitini shakllantirishi kutilayapti. Muxlislar esa bu yangilikni qizg‘in kutib, yangi mavsumda jamoadan shiddatli va kuchli o‘yinlar kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.