Alan Smit: "Slotning ishonchi hali tugamagan"

Alan Smit: "Slotning ishonchi hali tugamagan"
Angliyaning taniqli sobiq futbolchisi Alan Smit "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slotning mavqei haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Qiziq, ko'plab muxlislar fikrini o'zgartirmoqda, bu esa "Liverpul" tarafdorlariga xos emas.

Ammo, menimcha, ishonch hali tugamagan. Rahbariyat Rojdestvogacha vaziyat yaxshilanishini kutadi", - dedi Smit Sky Sportsga bergan intervyusida.

"Liverpul" so'nggi 12 o'yindan 9 tasida mag'lubiyatga uchradi. APL turnir jadvalida "qizillar" 18 ochko bilan 12-o'rinda bormoqda.

Yakshanba kuni "Liverpul" safarda "Vest Xem"ga qarshi o'yin o'tkazadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar