Laporta Flik bilan suhbat haqida gapirdi

Laporta Flik bilan suhbat haqida gapirdi
Barselona prezidenti Joan Laporta Chempionlar ligasi doirasida "Chelsi"ga qarshi oʻyinda (0:3) magʻlubiyatdan keyin bosh murabbiy Xans-Diter Flik bilan boʻlgan suhbat haqida soʻzlab berdi. Uchrashuv seshanba kuni Londonda, guruh bosqichining beshinchi turida boʻlib oʻtgan edi.

"Men Londondan qaytishda Flik bilan suhbatlashdim. Hansi va butun jamoaning reaksiyasi menga juda yoqdi – hamma birlashganligi seziladi.

Murabbiy optimistik kayfiyatda va men ushbu oʻyin biz uchun burilish nuqtasi boʻlishiga ishonadiganlardanman", – dedi Laporta ispan ommaviy axborot vositalariga. Shanba kuni "Barselona" La Liga 14-turida oʻz maydonida "Alaves"ni qabul qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar