La Liga, 14-tur: "Xetafe" o'z uyida "Elche"ni taslim qildi


Ispaniya chempionatining 14-turidagi ilk uchrashuv juma oqshomida boʻlib oʻtdi. Unda "Hetafe" oʻz maydonida "Elche"ni qabul qildi.
Mezbonlar toʻpni koʻp nazorat qilmagan boʻlsa-da, hujumlarni samarali yakunlashda ustunlik qildi. Uchrashuvning 56-daqiqasida Mauro Arambarri hisobni ochdi va bu gol oʻyindagi yagona gol boʻlib qoldi.
Yakunda tablodagi 1:0 hisob oʻzgarmay qoldi. "Hetafe" ushbu gʻalaba bilan uch ochkoni qoʻlga kiritib, yettinchi oʻrinda qolgan holda Yevropa musobaqalari zonasiga yaqinlashdi.
"Elche" esa 12-oʻrindan joy oldi.






























Izohlar 0
…