Flik Pedri haqida yaxshi xabar berdi

Flik Pedri haqida yaxshi xabar berdi
Barselona bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Pedri haqida yaxshi xabar berdi. Pedri soʻnggi marta oktyabr oyining oxirida “Real”ga qarshi oʻtkazilgan “El-Klasiko”da maydonga tushgan edi.

Endi esa 23 yoshli futbolchi yana oʻyinga qaytishga tayyor. "Pedrining holati?

Unga ertaga oʻyin vaqti beriladi, ammo asosiy tarkibda maydonga tushmaydi", - dedi Flik matbuot anjumanida. Hozirda "Barselona" La Liga doirasidagi oʻz maydonidagi "Alaves"ga qarshi oʻyinga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Ushbu uchrashuv shanba, 29-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. "Barselona" ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

Kataloniyaliklar "Real"dan bir ochko ortda qolmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar