Ispaniya kubogi. 1/2 finalda «Barselona» «Atletiko»ga qarshi o‘ynaydi


Ispaniya kubogi 1/2 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra «Selta», «Alaves», «Barselona» va «Atletiko» jamolari o‘z raqibini bilib olishdi. Bu haqda Tribuna.uz yozmoqda.
«Barselona» qur’aga ko‘ra, «Atletiko»ga qarshi, «Alaves» esa «Selta»ga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi.
«Atletiko» va «Barselona» o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv «Visente Kalderon» stadionida bo‘lib o‘tadi. Oradan bir hafta o‘tib, «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tadi. «Selta» esa birinchi o‘yinni o‘z uyida o‘tkazadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…