date

Karreger: "Virtsning eng yaxshi oʻyini"


“Liverpul”ning sobiq himoyachisi Jeymi Karreger “Vest Xem”ga qarshi oʻyinda Florian Virtsning harakatlariga baho berdi. “Qizillar” muvaffaqiyatsizliklar seriyasiga nuqta qoʻyib, “Vest Xem”ni 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Germaniyalik yulduz yarim himoyachi 75 daqiqa maydonda boʻldi. U gol urmagan va golli uzatma bermagan boʻlsa-da, Karregerning fikricha, u juda yaxshi oʻyin koʻrsatdi.

“Vest Xem”ga qarshi oʻyin Virts uchun “Liverpul”dagi eng yaxshi oʻyin boʻldi”, – deya Karregerning soʻzlarini keltiradi “The Touchline”. Florian Virts joriy yozda Leverkuzenning “Bayer” klubidan 125 million yevro evaziga sotib olingan edi.

Biroq qimmat transferga qaramay, Virts APL doirasidagi 12 uchrashuvda hali gol urmagan va assistentlik qilmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karreger: "Virtsning eng yaxshi oʻyini"