
“Arsenal” futbolchisi Mikel Merino “Chelsi”ga qarshi kechgan o‘yinda (1:1) qayd etilgan durang natija haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Ispaniyalik futbolchi 59-daqiqada “to‘pchilar”ning yagona golini urdi.
Mezbonlar safida esa 48-daqiqada Trevo Chaloba hisobni ochdi. Qiziq tomoni, “Chelsi” jamoasi 38-daqiqada Moises Kaysedoning qizil kartochka olishi sabab maydonda bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi.
“Biz g‘alaba qozona olmaganimizdan xafa bo‘ldik. Ammo mavsum uzun va hali oldinda ko‘plab o‘yinlar bor.
“Chelsi”ning maydonida o‘ynash juda qiyin, lekin biz yaxshi xarakter ko‘rsatdik va bir ochko qo‘lga kiritdik”, - dedi Merino jurnalistlarga bergan intervyusida. “Arsenal” APL turnir jadvalida 30 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Enso Mareskaning jamoasi esa 24 ochko to‘plab uchinchi o‘rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.