
Manchester Siti jamoasining yosh vingeri Savio Barselona e'tiboriga tushdi. Kataloniya klubi sport direktori Deku 21 yoshli futbolchini Rafinha Diasga munosib voris sifatida ko'rmoqda.
Rafinhaning kelasi yil jamoani tark etishi ehtimoli yuqori, sababi unga Saudiya Arabistoni klublaridan qiziqish mavjud. Barselona moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va jamoa foydali takliflarni qabul qilishi ehtimoldan xoli emas.
Manchester Siti safida Savio doimiy ravishda asosiy tarkibda o'ynamaydi, bu esa uning ketishi haqidagi mish-mishlarni kuchaytirgan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, yosh braziliyalik futbolchining narxi 50 million yevroga teng.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.