date

Barselona va MYU 22 yoshli himoyachi uchun kurashadi


Ayntraxtning chap qanot himoyachisi Nataniyel Braun faoliyatini Barselonada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, futbolchini Manchester Yunayted ham yaqindan kuzatmoqda. Ayntraxt rahbariyati Braunni kelasi yozda jamoada saqlab qolish qiyin bo'lishini anglagan, ammo futbolchini sotish orqali klub 60-70 million yevro daromad olishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda 22 yoshli Braun barcha musobaqalarda 18 o‘yinda maydonga tushib, bir gol va uch golli uzatmaga mualliflik qilgan. Himoyachining Ayntraxt bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha tuzilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona va MYU 22 yoshli himoyachi uchun kurashadi