date

Frank Viktorioyni qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda

Frank Viktorioyni qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda
Tottenxem darvozaboni Gulyelmo Viktorio Fulxemga qarshi oʻyinda yoʻl qoʻyilgan xato tufayli tanqidlarga uchradi. Ammo jamoa bosh murabbiyi Tomas Frank yana futbolchini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

"Vik ajoyib. Uning xarakteri har jihatdan mukammal.

Hammasi oʻyinchi oʻzini kunma-kun qanday tutishiga bogʻliq – yaxshi damlarda ham, qiyin paytlarda ham. Bu borada u nihoyatda barqaror.

Hammamiz bilamizki, futbol maydonida ham, undan tashqarida ham har kim xato qilishi mumkin. Viktorioyning bunday vaziyatlarda oʻzini qanday tutayotgani meni juda hayratga soladi.

U muvaffaqiyatsizliklarni yengishda yaxshi natija koʻrsatmoqda deb oʻylayman", – dedi Frank matbuot anjumanida. Eslatib oʻtamiz, Tottenxem oʻz maydonida Fulxemga 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Frank Viktorioyni qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda