Real 70 million yevroga himoyachi sotib olishi mumkin

Real 70 million yevroga himoyachi sotib olishi mumkin
Qisqacha

Madridning “Real” klubi “Ayntraxt” himoyachisi Nataniyel Braunni 2026-yil yozida transfer qilishni rejalashtirmoqda. 22 yoshli futbolchining narxi nemis jamoasi tomonidan 60-70 million yevroga baholanmoqda. Braun “Ayntraxt” bilan 2030-yilning o'rtalariga qadar shartnoma imzolagan. U 2025/2026-yilgi mavsumda 18 uchrashuvda 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani qayd etdi.

Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasi himoyachisi Nataniyel Braun Germaniyaning Bundesligasini tark etib, Ispaniya chempionatiga yoʻl olishi mumkin. Madridning “Real” klubi ushbu futbolchini oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqish bildirmoqda.

Sky Sport Germany jurnalistlari maʼlumotiga koʻra, “qirolicha” klubi 22 yoshli futbolchini 2026-yil yozida transfer qilishni rejalashtirgan. Nemis jamoasi himoyachini 60-70 million yevroga baholamoqda.

Braun “Ayntraxt” bilan 2030-yilning oʻrtalariga qadar shartnoma imzolagan. 2025/2026-yilgi mavsumda Nataniyel 18 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar