date

Liverpul va Arsenal Rodrigo uchun kurashmoqda


Qishki transfer oynasida "Real" hujumchisi Rodrigo jamoani tark etishi mumkin. Braziliya milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan bu yulduz "Real" safida kam oʻyin amaliyotiga ega boʻlishiga qaramay, katta qiziqish uygʻotmoqda.

CaughtOffside nashrining agentlik sohasiga yaqin manbalariga koʻra, "Liverpul" va "Arsenal" yanvar oyida Rodrigoni qoʻlga kiritish uchun transfer takliflarini tayyorlamoqda. Maʼlum qilinishicha, "Real" Rodrigoning holatini hisobga olib, takliflarni koʻrib chiqishga tayyor.

Madrid klubi braziliyalik futbolchini 85-90 million yevro evaziga sotishi mumkin. Eslatib oʻtamiz, Rodrigo yanvar oyida oʻzining 25 yoshini nishonlaydi.

U joriy mavsumda 15 o'yinda maydonga tushib, ikki assistni amalga oshirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpul va Arsenal Rodrigo uchun kurashmoqda