date

Manchester Siti Londonda gʻalaba qozondi, Holand rekord oʻrnatdi


Angliya Premer-ligasining 14-turida "Fulxem" oʻz uyida "Manchester Siti"ni qabul qildi. Oʻyin 17-daqiqada mehmonlarning goli bilan boshlandi.

Jeremi Doku toʻpni Erling Holandga uzatdi, norvegiyalik hujumchi jarima maydonchasidan bir zarba bilan darvozani ishgʻol qildi. Shu gol orqali Holand APLda 100 ta gol urish rekordini eng qisqa vaqt ichida qayd etdi.

37-daqiqada Holand bu safar assistentlik qildi. U mukammal pas bilan Tijani Reyndersni darvozabon bilan yakkama-yakka qoldirdi va Reynders imkoniyatni boy bermadi.

Oradan yetti daqiqa oʻtib, Fil Foden jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yoʻllab hisobni 0:3 koʻrinishiga olib keldi. Birinchi boʻlimning oxirida Emil Smit-Rou "Fulxem" muxlislariga umid bagʻishladi va hisobni 1:3 koʻrinishiga oʻzgartirdi.

Ammo ikkinchi boʻlimning boshida Foden yana bir bor darvozani ishgʻol qilib, farqni yana oshirdi. 54-daqiqada esa Sander Berge avtogolga sabab boʻldi va hisob 1:5 koʻrinishiga keldi.

"Fulxem" taslim boʻlmadi va oʻyinda intriga saqlanib qoldi. 57-daqiqada Aleks Ivobi jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba bilan gol urdi.

73-daqiqada esa Samuel Chukvueze yana bir gol bilan hisobni 3:5 koʻrinishiga olib keldi. 78-daqiqada yana Chukvueze burchak toʻpdan soʻng uzoq burchakka aniqlik bilan zarba yoʻllab, hisobni 4:5 koʻrinishiga olib keldi.

"Manchester Siti" oʻyinning soʻnggi daqiqalarida toʻpni nazorat qilish va oʻyinni tinchlantirish orqali gʻalabani qoʻlga kiritdi. Natijada, Pep Gvardiola jamoasi "Arsenal" bilan farqni ikki ochkoga qisqartirdi.

"Fulxem" esa hozircha 15-oʻrinda qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Siti Londonda gʻalaba qozondi, Holand rekord oʻrnatdi