date

Lautaro: "Kivu va Inzagi uslubi o‘xshash"


O‘tgan yozda Milanning "Inter" klubida murabbiy o‘zgarishi sodir bo‘ldi. To‘rt yil davomida jamoani boshqargan Simone Inzagi klubni tark etib, Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi.

Uning o‘rnini Kristian Kivu egalladi. Milan klubi sardori, argentinalik hujumchi Lautaro Martines ushbu mutaxassislarni bir-biri bilan taqqosladi.

"Ularning uslublari o‘xshash, ikkalasi ham chiroyli futbolni ko‘rishni istashadi. Kristian qo‘l ostida biz ko‘proq pressing qilamiz, to‘pni qaytarib olishga harakat qilamiz.

Hozirgi jamoamizda ko‘p narsa shu tamoyilga asoslangan va hozircha hammasi yomon emas", - dedi Lautaro Martines fcinter1908.it nashriga bergan intervyusida. Ma’lumot uchun, argentinalik hujumchi 2018 yildan beri "Inter" safida to‘p surmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lautaro: "Kivu va Inzagi uslubi o‘xshash"