date

Grilish: Gʻalaba qozonish yoqimli


Angliya chempionatining oʻn toʻrtinchi turida "Everton" yana gʻalaba qozondi. "Manchester Yunayted" ustidan erishilgan muvaffaqiyatdan soʻng, bu safar jamoa "Bornmut"ni magʻlub etdi.

Devid Moyes boshqaruvidagi jamoaga gʻalaba olib kelgan futbolchi - "Manchester Siti"dan ketgan Jek Grilish boʻldi. U oʻyindan keyingi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Bu yerga kelib oʻynash har doim qiyin, "Everton" bilan boʻlsin yoki boshqa jamoalar bilan. Eshitganimga koʻra, "Everton"ning avvalgi natijalari bu stadionda uncha yaxshi boʻlmagan.

Shunday ekan, gʻalaba qozonish juda yoqimli. Biz ketma-ket bir nechta yaxshi oʻyinlar oʻtkazdik va musobaqa jadvalining yuqori qismiga koʻtarildik.

Kelajakda ham shunday davom etishiga umid qilamiz", - deya Grilishning soʻzlarini BBC Sport keltiradi. Eslatib oʻtamiz, oʻyin "Everton"ning minimal ustunligi bilan yakunlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Grilish: Gʻalaba qozonish yoqimli