
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Fabio Silva oxirgi vaqtlarda turli OAVda uning jamoani tark etishi haqida tarqalgan xabarlarga qaramay, katta ehtimol bilan jamoada qoladi. Bu haqda Footboom nashri xabar berdi.
Manbalarga ko'ra, klub Silva agentlari bilan muzokaralar o'tkazgan va futbolchini yanvar oyidagi transfer oynasida sotish niyatida emas. Avvalroq portugaliyalik forvardga Italiya "Roma" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, Silva o'tgan yozda Angliyaning "Vulverhempton" klubidan 22,5 million yevro evaziga Dortmundga ko'chib o'tgan edi. Joriy mavsumda u klub safida 12 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 2 golli uzatma berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.