
Polshalik hujumchi Robert Levandovski "Barselona" safida qolishga tayyorligini bildirdi. Diario SPORT nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi klub rahbariyatiga kelasi mavsumda ham jamoada o‘ynashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.
U hatto o‘z maoshini kamaytirishga va jamoada kamroq e’tiborli rolni bajarishga rozi. Shunday bo‘lsa-da, "Barselona" rahbariyati bu masalada yanvargacha qaror qabul qilmaslikka qaror qilgan.
Joriy mavsumda 37 yoshli Levandovski barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Forvardning "ko‘k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yozgacha amal qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.