
Ispaniya chempionati 20-turidan o‘rin olgan “Betis” va “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga etdi. Unda 1:1 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.
O‘yin davomida “Betis” futbolchilari ancha faol harakat qildi. 75-daqiqada ular hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
Keyin “Barselona” ham gol urdi, ammo hakam uni inobatga olmadi. Shunga qaramay, 90-daqiqada Suares Messining uzatmasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi va jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.
Ispaniya chempionati, 20-tur
Betis – Barselona 1:1
Gollar: 1:0 – 75 Alegriya, 1:1 – 90 Suares
Betis – Adan, Pichchini, Toshka, Pesselya, Mandi, Sebalos, Pardo (Donk, 69), Petros, Durmisi, Alegriya, Ruben Kastro.
Barselona – ter Stegen, Pike, Mate, Din (Alba, 68), Aleish Vidal, Rakitich, Denis Suares (Andre Gomesh, 59), Turan (Serji Roberto, 68), Neymar, Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Pike (43), Petros (67), Rakitich (70), Ruben Kastro (78), Andre Gomesh (78).
Manba: www.fut.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar