
Angliya premer-ligasida 14-tur bahslari davom etmoqda. "Aston Villa" jamoasi safarda "Brayton"ga qarshi bahs olib borib, gollarga boy o'yinda 4:3 hisobida g'alaba qozondi va muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi.
"Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri ushbu o'yinni "qiyin" deb atab, o'z fikrlarini bildirdi. "Haqiqatan ham qiyin o'yin bo'ldi.
Biz bu mavsumdagi o'z uslubimizda o'ynadik. Hatto gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng ham futbolchilarimiz ruhdan tushmadi va jamoaviy rejaga amal qilishdi.
Biz kayfiyatimizni saqlab qoldik va qat'iyat ko'rsatdik, bu ajoyib. Aytish joizki, mavsum boshida bunga erishishimiz ancha qiyin edi", dedi Emeri BBC Sport nashriga bergan intervyusida.
E'tiborga loyiq jihat shundaki, "Aston Villa" ushbu g'alaba evaziga APL turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tarildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.