
Londonning "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning kuchli oʻyin jadvali va koʻplab futbolchilarning jarohat olgani borasida oʻz noroziligini bildirdi. Bugungi kunda "Arsenal"ning jarohatlangan futbolchilar roʻyxatida bir nechta asosiy oʻyinchilar bor.
Himoyachilar Vilyam Saliba, Gabriel Magalyans, Kristian Mosker va hujumchilar Kay Haverts hamda Leandro Trossar jarohat sabab oʻyinlardan chetda qolgan. "Bizga qoʻshimcha dam olish kuni bering, ayniqsa Yevropa musobaqalarida koʻp oʻyin oʻtkazadigan jamoalar uchun.
Bu mantiqiy talab. Bir payt kelib, oʻyinlar haddan tashqari koʻp boʻladi, lekin oʻyinchilar mashina emas", dedi Arteta ESPN nashriga.
Angliya chempionatining 14-turidan soʻng London jamoasi 33 ochko bilan turnir jadvalida birinchi oʻrinda bormoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.