date

Karlos Alos Belarus terma jamoasidan ketdi


Ispaniyalik mutaxassis Karlos Alos Belarus terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimidan ketdi. Bu haqda mahalliy futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida shartnomani muddatidan avval bekor qilishga qaror qildilar. 50 yoshli murabbiy ikki yil davomida Belarus terma jamoasini boshqardi.

Ushbu davr mobaynida jamoa 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta g‘alaba, 10 ta durang va 10 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Jamoa FIFA reytingida 99-o‘rinda bo‘lib, Jahon chempionati saralashida Shotlandiya, Daniya va Gretsiya bilan bir guruhda 2 ochko to‘plashga erishdi.

Karlos Alos avvalroq “Barselona” yoshlar jamoasi, Qozog‘istonning “Kayrat” klubi hamda Ruanda terma jamoasida faoliyat olib borgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karlos Alos Belarus terma jamoasidan ketdi