date

Trent jarohatidan qachon qaytadi?


Madridning "Real" klubi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jarohat olib, safdan chiqdi. Klub futbolchining tibbiy tekshiruv natijalarini eʼlon qildi, ammo uning tiklanish muddati haqida maʼlumot bermadi.

Jurnalist Arancha Rodrigesning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga koʻra, Trenting mushak jarohatidan toʻliq tiklanishi uchun taxminan ikki oy kerak boʻladi. Agar bu prognozlar toʻgʻri boʻlsa, futbolchi faqat fevral oyida maydonga qaytishi mumkin.

"Real" jamoasi navbatdagi oʻyinini 7-dekabr, yakshanba kuni "Selta"ga qarshi oʻtkazadi. Xabi Alonsoning shogirdlari La Liga turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi va "Barselona"dan bir ochkoga ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Trent jarohatidan qachon qaytadi?